Sizning yangi elektron tijorat mahsulotingiz sahifasi

Ko’plab tadbirkorlar va onlayn do’kon egalari mahsulot sahifasi qanday muhim ahamiyatga egaligini bilmaydi. O’ylab ko’ring – oxirgi marta qachon onlayn-do’konning bosh sahifasini o’rgangansiz? “Biz haqimizda” yoki “Yangiliklar” bo’limini boshidan oxirigacha o’qib chiqqansiz?

Albatta, bular istehzo bilan aytilmoqda. Bugungi elektron tijorat muhitida hamma narsa mahsulot sahifasi atrofida aylanadi. U quyidagilardek eng muhim ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak: mahsulot, ishlab chiqarish, sifat, undan foydalanish tajribasi haqida, rasmlar, videolar, savdo argumentlari va boshqalar.

Savdo argumentlarining yaxshi fazilatlari aniq namoyon bo’ladi.

Agar siz o’z mahsulotingizni yaxshi sifatlarini ko’rsatishni qiyin deb o’ylasangiz, siz ushbu masalaga yetarlicha vaqt sarflamaganligizni anglatadi. Mahsulotni har bir noyob xususiyatini aniqlashga harakat qiling, buni uddalaganizdan so’ng, siz mijozni ishontirishingiz kerak bo’lmaydi, buni mahsulotingiz qiladi.

Mahsulot harakatda – Rasm!

Ajoyib, ijobiy va hissiy! Sizning vazifangiz mahsulotingizni amalda ko’rsatishdir – oq fonli rasmlar davri o’tib boryapti. Instagram mahsulot tasvirlarida yangi standart o’rnatdi, mahsulotlarni real hayotda ko’rsatadi va u butun elektron tijorat muhitini egallaydi!

Interaktiv o’zgarishlar,
mahsulotdan foydalanish,
foydalanuvchi rasmlari, tasvirlar,
sharhlar, yetkazib berish va…

Siz ko’rgan eng yaxshi mahsulot sahifalaridan biri – bu albatta “ko’rish kerak” sahifasi! Agar mahsulot narxi arzon bo’lsa, ushbu onlayn-do’konning sotuv hajmlarini tasavvur qiling!

Kerakli mahsulotni o’z vaqtida va to’g’ri ko’rinishda sotishni bilsangiz, ijtimoiy tarmoqdagi reklama imkoniyatlari cheksizdir!

Video, video va yana bir bor – video

Agar sizda bir necha o’nlab mahsulot va mobil telefoningiz bo’lsa, siz, albatta, mahsulot videosini yaratishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi kuningizni videosiz tasavvur qiling…

Videolar elektron tijoratni egallab oldi va ular hatto eng mashhur mahsulotlar va remarketing kampaniyalari uchun ham kerak. Ushbu misolga nazar soling – juda qiyin narsa yo’q!

Mahsulot tasviri – GIF

Ushbu misol diqqatni jalb qilish nuqtai nazaridan GIF-lardan foydalanishning afzalliklarini ko’rsatadi. GIF, videoga qarab, yengilroq fayl formati bo’lib, sahifani tezroq yuklanishini ta’minlaydi.

GIF yaratish uchun video talab qilinmaydi, balkim Google qidiruv tizimidan topilgan GIF generatorlaridan biriga, masalan, gifmaker.me, yuklangan kamida ikkita mahsulot tasviri kerak bo’ladi. Kamchiliklari: diqqatni jamlamaydi va aniq tafsilotlarga fokus qarata olmaydi. Uni mahsulot tasvirlari bilan ishlatishingizga ishonch hosil qiling.

Mahsulot tavsifi– Hikoya

Agar siz mahsulotni bir nechta nollar bilan sotishga harakat qilsangiz, unda hikoya juda muhim. Ushbu so’rfing taxtasi ustasi taxtani tayyor bo’lgunga qadar qanday sotishini va uning hikoyasini yaratishini ko’ring.

E’tibor bering, mahsulot tavsifida “Embed” funksiyasiga ega Instagram yozuvi mavjud bo’lib, unda 164 ta like bor. Bu ushbu mahsulotga va sotuvchiga qo’shimcha ishonchni kuchaytiradi.

Mahsulot tasviri – Fotosurat

E’tibor bering, ushbu onlayn-do’kon tashrif buyuruvchilarni kattalashtirish uchun rasm ustiga bosishga majbur qilmaydi – hamma narsa shu holatda ham ko’rinadi! Bajarishingiz kerak bo’lgan narsa – sahifa bo’ylab pastga tushish va o’rganish!

Savdo argumentlari – yaxshi fazilatlar

Poyafzalning ham o’z savdo argumentlari va yaxshi fazilatlari bor. Har bir poyafzal uchun o’zining “xususiyati” tasvirini yaratish shart emas – mahsulotlar uchun bir xil marka, model, materialdan foydalaning.

Yuqori maqsad:
quyoshdan saqlaydigan ko’zoynak sotib oling va
kimgadir o’qish ko’zoynaklari beriladi

Bu mehnatni muhofaza qilish, xayriya ishlariga o’xshash ijtimoiy savdo argumentidir. Instagram foydalanuvchilarining fikr-mulohazalari va rasmlarini yig’ish bo’yicha qilingan ishlarga ham e’tibor bering!