O‘zbekistonda xususiy kapital va venchur kapitali (XKVK): ekotizim tadqiqoti, sektor diagnostikasi va rivojlanish islohotlari uchun huquqiy va biznes tavsiyalar

Mohiyati

Xalqaro moliya korporatsiyasi xususiy kapital va venchur kapitali sanoati uchun tartibga solish va soliqqa tortish tizimini aniqlash va tahlil qilishga yordam berishni maqsad qilgan. IFC hozirgi vaziyatni fondlar va hamkorlar nuqtai nazaridan bilishi kerak edi.

Tashkilotning bu sohada hozirgi holatni tushunish va tavsiyalar berish maqsadi bizning mutaxassislarimiz hamkorligida ro’yobga chiqdi. Biz donor-mijoz munosabatlari uchun yana bir katta yutuqga erishganimizni bemalol ayta olamiz.

Nimaga bu loyiha muhim/yaxshi/qiziqarli edi?

XKVKni tartibga soluvchi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani har tomonlama tahlil qilish investorlar, fond menejerlari va soha mutaxassislari uchun juda muhimdir. Bu nafaqat qonuniy muvofiqlikni ta’minlaydi, balki xavflarni boshqarishga, investorlarni himoya qilishga hamda sog’lom va shaffof XKVK ekotizimini rivojlantirishga yordam beradi.

Shuningdek, Bu o’rganish, tahlil, va takliflar ishlab chiqish vaziyatni yaxshilashga yordam beradi va O’zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish va keyingi yillarda mijozning mamlakatdagi investitsiya imkoniyatlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Ko’rsatilgan xizmatlar

Biz topshiriq doirasida quyidagi xizmatlarni taqdim etdik:

  1. O’zbekiston XKVK industriyasida tartibga soluvchi va soliqqa tortish asoslarini tahlil qilish
  2. XKVK fondi faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash sxemasi va huquqiy asoslari uchun tavsiyalar ishlab chiqish
  3. Intervyu va biznes uchrashuvlari orqali manfaatdor tomonlarni jalb qilish
  4. Tizim o’rnatuvchilar takliflarini ko’rib chiqish va baholash
  5. Tizim prototipi va yakuniy tizim bo’yicha texnik nazorat xizmatlari

Natijalar

Ushbu tadqiqotdan so’ng bizning jamoamiz ushbu sektordagi quyidagi asosiy muammolarni aniqlashni o’z ichiga olgan 120 betlik hisobot tayyorladi:

  1. XKVK strukturalash uchun me’yoriy-huquqiy bazaning yo’qligi
  2. Qonun tomonidan tan olinmagan XKVK shartnoma instrumentlari bitim tuzilishi va operatsiyalar uchun noaniqliklarni keltirib chiqaradi.
  3. Yangi startaplarni tartibga solish va ishlab chiqilgan qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilash uchun huquqiy bazaning yo’qligi
  4. Bundan tashqari, u ushbu muammolarni qanday yechish bo’yicha tavsiyalarni ham o’z ichiga oladi.